O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Buyuk Britaniya bozoriga yetkazib berildi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida Samarqand viloyatidagi “GardenCells” korxonasi bilan Britaniyaning «Vita Plus Ltd» kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasida Buyuk Britaniyaning poytaxtidagi «Western International Market» ulgurji bozoriga o‘zbek quritilgan mevalarining birinchi jo‘natmasi yetkazib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi. Quritilgan mevalar, qora mayiz, no‘xat, bodom va jiyda mevalaridan iborat umumiy hajmi 20 tonna bo‘lgan jo‘natma Toshkentdan 19 avgust kuni yo‘lga chiqqan edi. Ayni paytda ushbu mahsulotlarni qabul qilib olgan Britaniya kompaniyasi quritilgan qovun, o‘rik, gilos va nok yetkazib berish orqali O‘zbekistondan mahsulotlar eksporti hajmini yana-da kengaytirishni rejalashtirgan.

««Vita Plus Ltd» kompaniyasi bosh menejeri Sharif Rustamxailning taʼkidlashicha, O‘zbekiston mahsulotlari o‘zining yuqori sifati bilan ajralib turadi va uning kompaniyasi o‘zbekistonlik sheriklar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga tayyor» - deyiladi “Dunyo” AA xabarida.

«Kompaniyamiz Britaniya bozoriga 70-80 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beradi, ularni 1 ming 200 dan ortiq korporativ mijoz, shu jumladan restoran, mehmonxona, kafe, chakana savdo do‘konlari va boshqa mijozlar tarmog‘i orqali sotadi. Biz o‘z mahsulotlarimiz turlarini O‘zbekistondan olib kelinadigan mahsulotlar hisobidan kengaytiramiz. Ayni paytda ushbu masalada sheriklarimiz bilan muzokaralar olib bormoqdamiz», - dedi u

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
45500 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить