Timur Ishmetov: Sirdaryoga ajratilgan mablag‘larning hali yarmi ham ishlatilmagan

Moliya vaziri Temur Ishmetov Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv omborida sodir bo‘lgan toshqindan talafot ko‘rgan Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlariga yetkazilgan zararni bartaraf etish uchun 2020-yilda 1 trln 432 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi, deya yozmoqda “Kun.uz”.

Ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun 950 mlrd so‘m, avtomobil yo‘llari va ko‘priklar qurilishi uchun 268 mlrd so‘m, ijtimoiy soha obyektlariga 84 mlrd so‘m va oqova suv inshootlari uchun 129 mlrd so‘m ajratilgan. Bundan tashqari yana mablag‘lar zarur bo‘lsa, Moliya vazirligi tomonidan ularning ajratilishi yuzasidan chora-tadbirlar hech qanday muammosiz ta’minlab beriladi”, — deya videokonferensaloqa orqali Senatning Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishida ma’lumot bergan O‘zbekiston moliya vaziri.

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
47016 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить