Uzbekistan Airways beshta davlat bilan muntazam xalqaro aviaparvozlarni tiklaydi

Uzbekistan Airways AJ xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni qayta tiklashi haqida xabar bermoqda.

Yaqin kunlarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar amalga oshiriladi:

4-sentabrdan: Toshkent—Dubay—Toshkent — haftada bir marta, juma kunlari;

10-sentabrdan: Toshkent—Frankfurt—Toshkent — haftada bir marta, payshanba kunlari;

11-sentabrdan: Toshkent—Olmaota—Toshkent — haftada bir marta, juma kunlari;

14-sentabrdan: Toshkent—Bishkek—Toshkent — haftada bir marta, dushanba kunlari;

4, 7, 11, 14, 16, 18, 21, 23, 24, 25, 28 va 30-sentabr: Toshkent—Istanbul—Toshkent.

“Yuqoridagi shaharlardan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining reyslari orqali O‘zbekistonga uchishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar parvozdan oldin 72 soat oldin amal qiladigan, PZR metodi orqali olingan COVID-19 testlarini taqdim etishlari kerak. Testda COVID-19 aniqlangan taqdirda, yo‘lovchilarning parvozga qo‘yilmaydi”, — deyiladi xabarda.

Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Turkiyadan muntazam reyslar orqali kelgan yo‘lovchilar salbiy COVID-19 test natijalariga ega bo‘lsa, termometriyadan o‘tishi va anketani to‘ldirishi, 14 kunlik o‘zini izolyatsiya qilish majburiyati qo‘yiladi: O‘zbekiston fuqarolari uchun — doimiy joyda yashash joyi, chet el fuqarolari uchun — O‘zbekistonda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish joyida.

Kelgandan keyin isitmasi yoki boshqa alomatlari bo‘lgan fuqarolar Toshkent aeroportida ko‘rikdan o‘tkaziladi. PZR testi ijobiy ekanligi aniqlangan yo‘lovchilar davolanish uchun kasalxonaga yotqiziladi.

Aviakompaniya yo‘lovchilardan boriladigan mamlakatdagi sanitariya talablarini mustaqil ravishda aniqlashtirishlarini, o‘rganishlarini va aviachipta sotib olishdan oldin yuqoridagi mamlakatlarga kirish uchun asoslar borligiga ishonch hosil qilishlarini so‘radi.

Amalga oshirilishi rejalashtirilgan reyslar uchun aviachiptalarni aviakompaniya saytidan yoki mobil ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airwaysning yaqin savdo ofislaridan yoki O‘zbekistondagi va xorijdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin.

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
47173 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить