O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan avia, temiryo‘l va avtomobil qatnovlarini bosqichma-bosqich tiklaydi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan “Koronavirus pandemiyasi davrida muntazam xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik yo‘riqnoma tasdiqlandi. Unga ko‘ra, tegishli soha mas’ullariga barcha turdagi xalqaro qatnovlarni (avia, temiryo‘l va avtomobil) tiklash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Mazkur vaqtinchalik yo‘riqnoma 2020-yil 1-sentabrdan e’tiboran kuchga kiradi. Yo‘riqnoma kuchga kirgandan so‘ng xorijdagi fuqarolarni to‘lov asosida mehmonxonaga karantinga joylashtirish sharti bilan charter qatnovlarini tashkil etish bo‘yicha turoperatorlar hamda aviakompaniyalarga ruxsatnomalar berish amaliyoti to‘xtatiladi. Shu bilan birga, avval berilgan ruxsatnomalar 2020-yil 1-oktabrga qadar amal qiladi” -  deyiladi xabarda.

Shuningdek, qo‘shni davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan va O‘zbekistonga vaqtinchalik olib kirilgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston hududidan olib chiqilishiga ruxsat berildi hamda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida boshqa xorijiy davlatlar avtotransport vositalarini qaytarib olib chiqish muddati 2020-yil 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Shu bilan birga, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 29 yillik ayyomini oila davrasida sanitariya-gigiyena qoida va talablariga rioya etgan holda nishonlash tavsiya etilmoqda.

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
848 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить