O‘zbekistonda tibbiy xavfsizlikni ta’minlash uchun maktablarga 10 ming nafar tibbiyot xodimi safarbar qilindi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligida o‘tkazilgan maktablarda yangi o‘quv yilini tashkil etishda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda maktablarga 10 ming nafarga yaqin tibbiyot xodimi safarbar etilishi haqida ma’lum qilindi. Videoselektorda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilarining barcha jarayonlarda ta’lim maktablarida tibbiy xavfsizlikni ta’minlash borasida ko‘mak va tavsiyalarini berib borishi ta’kidlangan, deya qilmoqda SSV axborot xizmati.

Pandemiya sharoitida yangi o‘quv yilini boshlash jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi. O‘zbekistondagi 9942 ta maktabda faoliyat ko‘rsatadigan 480 ming nafardan ziyod o‘qituvchi va u yerda tahsil olayotgan 6,2 million nafardan ziyod o‘quvchining sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga ham qator mas’uliyat va vazifalar yuklaydi. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov shu talabdan kelib chiqib, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hududidagi ta’lim muassasalariga qariyb 10 ming nafar tibbiyot xodimi biriktirilganini qayd etdi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, tibbiyot xodimlari maktablarda filtrlarni tashkil etishda ishtirok etadi, ushbu jarayonda tana harorati ko‘tarilgan va bemor deb topilgan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotni hududdagi tegishli muassasa rahbarlariga yetkazadi. Shuningdek, karantinga olingan xonadon egalariga bemor yoki ular bilan muloqotda bo‘lgan bolalarni faqat oila shifokorining ruxsati bilan maktabga yuborish kerakligini tushuntiradi, bemor aniqlangan xonadonda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibini nazorat qiladi.

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
126 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить