Samarqand xalqaro aeroportining yo‘lovchi terminali davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi

Samarqand xalqaro aeroportining yangi yo‘lovchi terminalini qurish Uzbekistan Airports davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Air Marakanda mas’uliyati cheklangan jamiyati ko‘rinishidagi xorijiy kompaniyaga topshirilgan, deya “Daryo” xabar berdi. Loyiha $40 mln miqdorda bo‘lgan yangi yo‘lovchi terminal 2021-yilning uchinchi choragida foydalanishga topshiriladi.

Samarqand xalqaro aeroporti bugungi kunda $62 mln loyihani ham amalga oshirayotgan bo‘lib, loyiha Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tomonidan moliyalashtirilgan. Qurilish ishlari 2020-yilning oktabr oyida yakuniga yetadi.

Shuningdek, aeroportni rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida aerodromning sun’iy qoplamalari quriladi, yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va 4 ta yo‘naltiruvchi yo‘llar barpo etiladi.

Aeroportning samolyotlarni qabul qilish quvvati 8 tadan 24 taga yetkaziladi, magistral yo‘naltiruvchi yo‘lak rekonstruksiya qilinadi hamda yangi svetosignal va radiotexnik qurilmalar o‘rnatiladi.

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
597 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить