Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani to‘g‘risida xabar berildi. Mukofotlanganlar orasida 4 nafar tibbiyot xodimi vafotidan so‘ng “Jasorat” medaliga loyiq ko‘rilgan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, muqaddas shifokorlik burchini vijdonan ado etishdagi jasorati va fidoyiligi uchun jami 99 kishi turli unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Ulardan 4 nafari vafotidan so‘ng “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.
Odiljon Ne’matov – Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining o‘pka sili jarrohligi bo‘limi mudiri;
Farrux Rustamov – Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi;
Venera Sharipova – Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bosh hamshirasi, Toshkent shahri;
Bahrom Shukrullayev – Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika shifokori, Toshkent shahri.
Avvalroq, O‘zbekiston prezidentining 23-iyuldagi farmoniga muvofiq, koronavirus bilan kasallanib vafot etgan to‘rt nafar tibbiyot xodimi “Jasorat” medali bilan mukofotlangandi. Ular qatoridan Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi markaziy poliklinika shifokori Alisher Uralov, Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika katta hamshirasi Feruza To‘xtayeva, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali nevrologiya bo‘limi katta hamshirasi Zulfiya Jumaniyozova hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Hamroqulov o‘rin olgan.
Вам может быть интересно: «Google исключил возможность покупки TikTok»