Dizayner Nariman Grigoryanni o‘ldirgan shaxsga 18 yil berildi

Dizayner Nariman Grigoryanning qasddan o‘ldirilganligi yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida fuqaro Nariman Alimdjanov (dizayner Nariman Grigoryan) ni qasddan o‘ldirganlikda ayblangan sudlanuvchi B. Burkitbayev (1996 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, o‘zbek, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi, deya yozmoqda Xalq So‘zi Onlayn.

2020 yil 14 avgustdagi sud hukmiga ko‘ra, B. Burkitbayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

B.Burkitbayevga uzil-kesil o‘tash uchun 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

 

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
500 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить