O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Malayziya Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi o‘rinbosari Nazira binti Osmon bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA. Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda o‘zaro munosabatlarni yana-da mustahkamlash, taʼlim sohalari, shuningdek, ikki mamlakat hukumatlari tomonidan koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan global inqirozning iqtisodiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasida o‘rnatilgan hamkorlikni yuqori baholadi. Muzokarada O‘zbekiston – Malayziya kun tartibining boshqa dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Вам может быть интересно: «Россиядан 927 ўзбекистонлик поездда олиб келинди»