Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan 927 nafar o‘zbekistonlik poyezd orqali mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun Toshkent–Rostov-Don–Toshkent temiryo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, 23-avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 927 nafar fuqaro bilan “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan. Mazkur poyezd 27-avgust kuni Namangan viloyatiga yetib keldi.
Qayd etilishicha, ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazilgan.
Вам может быть интересно: «Иран согласен предоставить МАГАТЭ доступ к двум объектам»