Shavkat Mirziyoyev “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorga muvofiq, 2020-yilning sentabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga бир martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:
- moddiy yordam ва ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini олувчи oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;
- nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarga.
Yuqorida sanab o‘tilgan aholi qatlamlari учун назарда tutilgan бир martalik moddiy yordam miqdori har бир 16 yoshga to‘lmagan bola учун 500 минг so‘mni ташкил этади. Bunday moddiy yordam bilan 810 mingdan ortiq bolalar qamrab olinadi, buning учун 400 mlrd so‘m miqdorida budjet mablag‘lari sarflanadi.
Vazirlar Mahkamasiga belgilangan бир martalik moddiy yordam учун zarur mablag‘larni Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga ва yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida назарда tutilgan hamda boshqa qo‘shimcha manbalar hisobidan amalga oshirish haqida ko‘rsatma berilgan.
Qaror ijrosini nazorat qilish bosh vazir o‘rinbosarlari Jamshid Qo‘chqorov, Behzod Musayev, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar ва Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilgan.
Qayd etilishicha, ushbu hujjat “xalqimizning tarixiy ва ma‘naviy qadriyatlarini namoyon etgan ‘Saxovat ва ko‘mak‘ umumxalq harakatini davom ettirish hamda moddiy yordam ва ko‘makka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi ва o‘quv qurollari bilan ta‘minlash maqsadida” qabul qilingan.
Вам может быть интересно: «Литва требует международного независимого расследования отравления Алексея Навального»