Qurilish sohasida yengilliklar keltiruvchi “Shaffof qurilish” tizimi haqida ma’lumot berildi

Qurilish vazirligining yangi loyihalarga bag‘ishlangan tadbirida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi quyi axborot tizimlari haqida ma’lumot berildi. Bu haqda Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi rahbari Sanjar Abdug‘aniyev taqdimot qilgan.

Hozirgi kunda markazda 15 nafar dasturchi ishlayapti. Ular yordamida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun noldan boshlab axborot tizimlarini ishlab chiqyapmiz. Asosiy vazifamiz qurilish sifati nazoratini avtomatlashtirish, raqamlashtirishdan iborat” – deya so‘zalarini keltirgan “Daryo.uz”.

“Qurilish ishlari sifati nazorati” axborot tizimi 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha test tartibida ishga tushgani qayd etildi. Tizimga ko‘ra, qurilish obyektlarida nazorat inspektorlari tomonidan aniqlangan kamchiliklar fotosuratlari bilan birga tizimga onlayn kiritiladi va nazorat jarayoni avtomatlashtiriladi, ma’lumotlar yagona bazada saqlanadi, real vaqt rejimida kuzatish imkoni beriladi. Jarayon quruvchilarni onlayn xabardor qilish, eng ko‘p yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni tahlil qilish bo‘yicha chora ko‘rish, qog‘ozbozlik va korrupsiyaga chek qo‘yishga ko‘maklashishi ta’kidlandi, shuningdek “Shaffof qurilish” axborot tizimining yana bir quyi tizimlaridan biri “Qurilish jarayonlari kalkulyatori” interaktiv xizmati sanaladi. “Loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi tizimi” ham qog‘ozbozlik, korrupsiyani yo‘qotish, tizimli ishlashga olib kelishini ham Sanjar Abdug‘aniyev ta’kidlagan.

Eng asosiy tizimlardan biri sifatida e’tirof etilgan, jarayoni 60-70% yakunlangan “Investitsiya dasturidagi obyektlar qurilishi monitoringi” axborot tahliliy tizimi investitsiya dasturiga kirgan qurilish obyektlari bo‘yicha tegishli hujjatlarni yagona tizimga jamlaydi, qurilish holatini monitoring qiladi. Qurilish obyektlarida muammolarni va yechimini aniqlash, qaror qabul qilish, jamoatchilikni xabardor qilgan holda shaffoflikni ta’minlashga yordam berishi alohida qayd etildi.

Hozirda respublikada 40 mingdan ortiq arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari ma’lumotlar bazasi shakllangan. Biz ularni to‘la avtomatlashtirdik. Bu qurilishning boshqa ishtirokchilariga qulaylik yaratadi. Istalgan vaqt kirib, kerakli hujjatni topish imkonini beradi”, — deydi mutaxassis. “Kelishilgan loyiha — smeta hujjatlari (eskiz)” ma’lumotlar bazasiga ham o‘z yo‘nalishida xuddi shunday vazifalar qo‘yilgani qo‘shimcha qilindi.

Yana bir tizim — “Qurilish ishlari tender platformasi”da eng asosiy ko‘zga tashlanadigan jihat sifatida qurilishni kim amalga oshirayotgani, qancha mablag‘ sarflanishi kabi ma’lumotlar platformada aks etishi, bino holati to‘liq videokuzatuv ostida bo‘lishini keltirish mumkin. Mablag‘dan tortib qurilish ishtirokchilari, boshlanish va tugash sanalari, ishchilar sonigacha ko‘rsatiladi.

“Loyiha-smeta hujjatlari ekspertiza xulosalari” elektron reyestri tizimi esa inspektorlarning joylardagi tekshirish ishlarida foydalanilishi aytildi. “Ko‘p xonadonli uylarni ulush kiritish asosida qurish” elektron reyestrida ulush asosida qurilayotgan obyektlarni ro‘yxatga olib borish, xaridorlarning shartnomalarini o‘zida jamlaydi, shartnomalarning haqqoniyligini QR-kod orqali aniqlaydi. “Shaffof qurilish” orqali jarayon raqamlashtirilgandan so‘ng vazirlik mutasaddilari inspektorlar faoliyatini to‘liq nazorat qilishi natijasida korrupsiyaning oldi olinib, jarayon shaffoflashi, bu esa tadbirkor pudratchilar faoliyatini ham osonlashtirishi, ortiqcha sarsongarchilik va qog‘ozbozlikka barham berishiga umid bildirilmoqda.

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
64 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:
Самые Интересные

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить