Janubiy Koreya COVID-19 ga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga $5 mln ajratadi

29 iyun kuni Janubiy Koreya hukumati O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun $5 million miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatishga qaror qildi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA. Dasturni tez fursatlarda amalga oshirish maqsadida Koreya Respublikasi Xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash rejalashtirilgan. Ko‘mak doirasida COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan tibbiy muassasalarni asbob-uskunalar bilan jihozlash, kadrlar malakasini oshirish, xususan, tibbiyot sohasi mutaxassislarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, COVID-19 haqida maʼlumot beradigan mobil ilovalarni ishlab chiqish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini zarur shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash kabi turli xil tadbirlar amalga oshiriladi.

Avvalroq, koronavirus infeksiyasi tarqalishining dastlabki bosqichida mamlakatimizga Koreya Respublikasi ham yordam ko‘rsatgandi, xususan, professor Soy Chje Uk va Yun Sing Ju kabi malakali tibbiyot xodimlari mamlakatimizga maslahatchi sifatida kelib, epidemiyaga qarshi kurashda mahalliy mutaxassislarga yordam berdi.

Aprel oyining yakunida esa mamlakatimizga umumiy qiymati $250 mingga teng bo‘lgan diagnostika to‘plamlari taqdim etildi. Iyul oyida $300 mingdan ortiq qiymatga ega 35 million dona tibbiy niqob (KF 80/94) yuborilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, KOISA, Koreya Respublikasining xalqaro sog‘liqni saqlash va tibbiyot jamg‘armasi, Koreya Respublikasi suv resurslari korporatsiyasi va Koreya Respublikasining yer va uy-joy korporatsiyasi kabi turli xil tashkilotlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun oziq-ovqat va tibbiy buyumlarni yetkazib berish orqali o‘z yordamlarini taqdim qilmoqda.

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
114 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:
Самые Интересные

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить