Yevropa Ittifoqiga mahsulot yetkazib beruvchi eksportyorlar “REX” tizimida ro‘yxatdan o‘tishi tavsiya qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar  va tashqi savdo vazirligi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga mahsulot yetkazib beruvchi eksportyorlarni «REX» tizimida oldindan ro‘yxatdan o‘tishga chaqirdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA. «REX» – Yevropa Ittifoqida Preferensiyalar bosh tizimida qo‘llaniladigan tartibga muvofiq, mahsulotlar kelib chiqishining imtiyozga ega ekanini tasdiqlash maqsadida eksportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimidir.

Mamlakatimizda ushbu tizimni qo‘llashni nazarda tutuvchi tegishli hujjat – Vazirlar Mahkamasining «Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori 2019 yil 13 dekabr kuni qabul qilingan.

Tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish eksportchilar tomonidan tadbirkorlik faoliyati haqidagi maʼlumotlarning o‘rnatilgan tartibda, ariza shaklida kiritilishi orqali amalga oshiriladi. Keyinchalik esa ro‘yxatdan o‘tgan eksportyorlar Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga mahsulotlarni eksport qilishda o‘z mahsulotlarining imtiyozli ekanini invoysda (YEI mamlakatlari bojxona organlariga A shaklidagi sertifikatni taqdim etmagan holda) bayonnoma/deklaratsiya orqali tasdiqlaydi.

«REX» tizimi doirasida mahsulotning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlash tartibi va shartlari haqidagi maʼlumot Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining saytida joylashtirilgan edi.  Ushbu «REX» tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish eksport rasmiyatchiliklarini soddalashtiradi va eksportyorlarga mahsulotlarining kelib chiqishi to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zlari tuzishiga imkon beradi.

Buning uchun eksportchi vakolatli organga to‘g‘ri to‘ldirilgan shakl (ariza)ni taqdim etib, bir marta murojaat qiladi hamda “REX” tizimida ro‘yxatdan o‘tadi. Kelgusida eksportchi o‘z mahsulotining har bir yangi jo‘natmasini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishda vakolatli organ bilan takror bog‘lanishga zarurat qolmaydi.

Vazirlik manbasida keltirilishicha, «REX»da eksportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga asoslangan «o‘zini-o‘zi sertifikatlash» tizimiga o‘tish davri 2020 yilning 30 iyunida o‘z nihoyasiga yetadi. Shundan so‘ng imtiyozli tartib faqat ro‘yxatdan o‘tgan eksportchilar mahsulotining kuzatuv hujjatiga (invoys) ilova qilingan – kelib chiqishi ariza bilan tasdiqlangan tovarlarga qo‘llaniladi. Bu esa Yevropa Ittifoqi davlatlarining bojxona organlari tomonidan imtiyozlar uchun sertifikatlar qabul qilinmasligini anglatadi.

Ayni paytda mamlakatimizda eksportchilar «O‘zbekekspertiza» aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy korxonalarida joriy yil boshidan buyon belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
109 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:
Самые Интересные

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить