Koronavirus tufayli Toshkent-Rim va Toshkent-Tokio aviareyslari ham to‘xtatildi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yilning 1-martidan boshlab Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi va O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Tokio va Rimga bo‘lgan ikkala yo'nalishdagi qatnovlarining vaqtincha to‘xtatilishi haqida xabar bermoqda.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan o‘tkazilayotganligi haqida eslatib o‘tildi.

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
278 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить