O‘zbekistonda davlat ulushi bor 1100 kompaniya to‘liq xususiylashtirilishi mumkin

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi deb xabar bermoqda daryo.uz.

Hujjat loyihasida qayd etilishicha, bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va Prezident maslahatchilari boshchiligida tuzilgan davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh etish bo‘yicha ishchi guruhlari tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar tanqidiy tahlil etilgan hamda iqtisodiyotda ular ulushini keskin qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

0,01 foizdan 100 foizgacha davlat ulushi bo‘lgan 1115 ta kompaniyani to‘liq xususiylashtirish taklif qilinmoqda, xususan, yog‘-moy va vinochilik korxonalari, loyiha institutlari, qariyb barcha savdo, dehqon va avtomobil bozorlari (Markaziy otchopar, “Sergeli” mashina bozori, “Qo‘yliq”, “Farhod”, “O‘rikzor”, “Aviasozlar” va boshqalar), banklar, lizing kompaniyalari, futbol klublari (“Paxtakor”, “Neftchi”, “Buxoro”, “Dinamo”, “Surxon”, “Guliston”), gazeta tahririyatlari, Toshkentdagi “Poytaxt” biznes-markazi, “Trest-12”, “O‘zbekiston” mehmonxonasi, “Toshshaharnur”, UzDigital va boshqalardagi davlat ulushlari xususiylashtiriladi.

Agar hujjat qabul qilinadigan bo‘lsa, ikki oy muddatda 2020—2025-yillarda davlat aktivlarini sotuvga qo‘yish, davlat ulushiga ega korxonalarda restrukturizatsiya o‘tkazish (davlat unitar korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish), ularning bir qismini tugatish bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga olgan ish rejasi ishlab chiqish rejalashtirilgan. Sotuv shartlari va mexanizmlari sifatida kimoshdi savdolari, tenderlar, tanlovlari, to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar, IPO, SPO va boshqalar ko‘rsatilgan.

Qaror loyihasi bilan 12-martga qadar tanishish va taklif bildirish mumkin.

Avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 13 ta yirik davlat kompaniyalarini, xususan, “O‘zbektelekom”, “O‘zavtosanoat”, “Toshshahartransxizmat”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” va boshqalarni isloh qilish taklifi bilan chiqqan edi.

 

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
285 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить