Toshkent shahar Yashnobod tumani Ohangaron yo‘li va Iftixor ko‘chasidagi gaz quvurlari ta’mirlanishi munosabati bilan 29-fevral, shanba kuni, soat 08:00 dan 19:00 ga qadar ayrim tabiiy gaz iste’molchilarida vaqtincha ta’minot to‘xtatiladi. Bu haqda daryo.uz Toshkent shahar hokimligi ma’ lumotiga tayanib ma’lum qildi.Poytaxt hokimligining xabar berishicha, quyidagi hududlarda 29-fevral kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Yashnobod tumani
Aholi uylari:
Tuzel 2, 3 va 4 mavzelari;
“Aerodrom” mahallasi.
Ulgurji iste’molchilar:
THAY ko‘chasi DSK-1;
THAY ko‘chasi MJBK;
“Inter mobil gaz” avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi;
Izza ko‘chasidagi 7-issiqlik markazi;
Ohangaron shossesidagi yuqori bosimli GTP №14-4-35;
“Saxovat non” MChJ;
Temirchilar ko‘chasi;
“LINKS” QK;
“Rahshona” AGNKS-2.
Bektemir tumani
Ulgurji iste’molchilar:
THAY ko‘chasidagi “GNS” avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi;
THAY ko‘chasidagi “Gold gaz” avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi;
THAY ko‘chasidagi “Saida Servis” avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi;
THAY ko‘chasidagi Yong‘in xavfsizlik qismi;
THAY ko‘chasidagi Artel.
Qibray tumani
Temirchilar ko‘chasidan Qibray tumaniga yo‘naltirilgan gaz quvuri;
Olmos ko‘chasi, Go‘zal ko‘chasi, Iltifot ko‘chasidan Qibray tumaniga yo‘naltirilgan gaz quvuri.
Вам может быть интересно: «У Земли обнаружили мини-Луну»