26 fevral kuni Toshkentning Mirobod tumani, Nukus va Oybek ko‘chalari kesishmasidagi ko‘pqavatli uylarda yashovchi bir guruh fuqarolar “Toshkent nafas olishni istaydi” deb nomlangan o‘ziga xos fleshmob o‘tkazdi deya xabar bermoqda sof.uz. Ular shu yo‘l bilan poytaxt markazida tijoriy turar-joylar qurilishiga o‘z noroziliklarini bildirdi.

Fleshmob qatnishchilari bilan muzokara o‘tkazish uchun tuman hokimi va prokurori, shuningdek, ekologiya va atrof-muhit himoyasi bo‘yicha vakil kelgan.
Gap shundaki, 2016 yili, hali Shavkat Mirziyoev bosh vazirlik paytida bu joyda eko-park qurilishiga vaʼda berilgan, ammo keyinroq maʼlum boʼlishicha, yer yangi uy quruvchilarga sotib yuborilgan.
Hududda yashovchi aholining qo‘lidagi hujjatlarga tayanib aytishicha, yerni uy quruvchilarga berish noqonuniy bo‘lgan, bu joyda o‘sib turgan daraxtlar esa qazib olinib, nomaʼlum tomonga olib ketilgan. Ularning taʼkidlashiga qaraganda 200 dan ortiq daraxt koʼchirib olib ketilgan.
Fuqarolar qurilish bo‘layotgan yerda mansabdorlar yashil hudud tashkil etishiga umid qilyapti. Chunki atrof to‘lig‘icha beton devorlar bilan o‘rab olingan va bolalarning o‘ynashi uchun hech qanday imkoniyat qolmagan.
Вам может быть интересно: «У Земли обнаружили мини-Луну»