Sog‘liqni saqlash vazirligi: koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorda ushbu infeksiya alomatlari aniqlanmagan

Joriy yil 26 fevral kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli NY 514-reys bilan Seul – Toshkent yo‘nalishida Toshkent vaqti bilan soat 19:02da poytaxtimizga uchgan samolyot bortida 1996 yilda tug‘ilgan, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi B.T.ning salomatligi yomonlashganligi, unda insult alomatlari aniqlanganligi sababli samolyot 20:55da Seul aeroportiga qaytarilgan. Seul aeroportida bemor va uning farzandi hamda bir nafar fuqaro tushirib qoldirilib, B.T.dan koronavirus infeksiyasiga laborator tahlillar olingan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabariga tayanib sof.uz xabar bermoqda.

Shundan so‘ng, samolyot Toshkent vaqti bilan soat 22:59da Seuldan poytaxtimizga 232 nafar yo‘lovchi, 12 nafar ekipaj aʼzolari bilan jami 244 na far fuqaro uchgan va joriy yil 27 fevral kuni, bizning vaqtimiz bilan soat 05:58da Toshkent halqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.

ФОТО: sof.uz

Koronavirusning O‘zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida Seuldan kelgan yo‘lovchilar Toshkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirilib, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, Seul shahrida qolgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi B.T.dan koronavirus infeksiyasiga olingan laboratoriya tahlil natijalariga ko‘ra, unda koronavirus alomatlari aniqlanmagan.

: Если вы обнаружили ошибку или опечатку, выделите фрагмент текста с ошибкой и нажмите CTRL+Enter
525 просмотров
Поделиться этой публикацией в соцсетях:

Орфографическая ошибка в тексте:

Отмена Отправить